Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi haqida

Tashrif doirasida “SIRDARYO MEGA LUKS” MChJ Bosh direktori Normatov Muxiddin Erkinovich mamlakatimiz prezidenti bilan uchrashib, korxonaning yangi loyihalari bilan tanishtirdi.
Yangi loyihalar 5 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish, hududiy infratuzilmani yaxshilash, eksport hajmini oshirish va viloyat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev korxona faoliyatini ijobiy baholab, yangi loyihalarga ishonch bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, bu kompaniya rahbarining so‘nggi 10 oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan ikkinchi uchrashuvidir.